Ushbu ommaviy oferta MChJ «IRFON MEDIA STUDIO» tomonidan studiyani band qilish va media xizmatlaridan foydalanish shartlarini belgilaydi.
Telegram bot orqali «Oferta shartlarini qabul qilaman» tugmasini bosish, buyurtma berish va to‘lovni amalga oshirish mijozning ushbu shartlar bilan tanishgani hamda ularga rozilik bildirganini anglatadi.
1. Studiyamiz qadriyatlari
1.1. IRFON STUDIO jamiyatga foyda beradigan, ma’rifiy, ta’limiy va qadriyatlarimizga mos kontentlar yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
1.2. Studiyamizda quyidagi yo‘nalishlarda tasvirga olish mumkin:
- 1.2.1. podkast va suhbatlar;
- 1.2.2. Reels, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar;
- 1.2.3. ta’limiy ko‘rsatuvlar va onlayn kurslar;
- 1.2.4. biznes, mahsulot va xizmatlar reklamasi;
- 1.2.5. jamiyatga foyda keltiruvchi boshqa media loyihalar.
1.3. Studiyamizda musiqa va qo‘shiqchilar uchun kliplar tasvirga olinmaydi.
1.4. Nomahram erkak va ayol ishtirokidagi podkast hamda suhbatlar tasvirga olinmaydi. Ayollar odobli va o‘rangan holda, ikki yoki undan ortiq ayol ishtirokida tasvirga tushishlari mumkin. Shuningdek, er-xotin yoki o‘zaro mahram bo‘lgan erkak va ayollar ishtirokidagi loyihalarga ruxsat beriladi.
1.5. Loyiha mazmuni studiyamiz qadriyatlariga mos kelmagan taqdirda, IRFON STUDIO buyurtmani qabul qilmaslik yoki tasvirga olishni to‘xtatish huquqiga ega.
2. Xizmatlar va narxlar
2.1. Asosiy studiya — 500 000 so‘m / 1 soat (narx o‘zgarishi mumkin)
2.2. Narx tarkibiga quyidagilar kiradi:
- 2.2.1. 1 dona Sony FX3 kamera;
- 2.2.2. operator;
- 2.2.3. chiroq uskunalari;
- 2.2.4. studiyadagi barcha mavjud fonlardan foydalanish;
- 2.2.5. bazaviy rang korreksiyasi — Color Correction.
2.3. Kichik studiya — 150 000 so‘m / 1 soat (narx o‘zgarishi mumkin)
2.4. Kichik studiyada mavjud jihozlar va xizmatlar tarkibi Telegram botda yoki administrator tomonidan alohida ma’lum qilinadi.
2.5. Qo‘shimcha kamera, video montaj va boshqa qo‘shimcha xizmatlar asosiy narxga kirmaydi. Ularning narxi mijoz bilan alohida kelishiladi.
3. Bir oylik obuna tarifi
3.1. Bir oylik obuna narxi — 6 000 000 so‘m (narx o‘zgarishi mumkin)
3.2. Obuna doirasida mijoz bir oy davomida jami 15 soat asosiy studiyadan foydalanishi mumkin. Bunda studiyaning bir soatlik narxi 400 000 so‘mdan hisoblanadi.
3.3. Obuna tarkibiga quyidagilar kiradi:
- 3.3.1. Sony FX3 kamera;
- 3.3.2. operator;
- 3.3.3. chiroq uskunalari;
- 3.3.4. studiyadagi mavjud fonlar;
- 3.3.5. bazaviy rang korreksiyasi;
- 3.3.6. telesuflyor.
3.4. Obuna uchun to‘lov oldindan amalga oshiriladi. Obuna muddati to‘lov tasdiqlangan kundan boshlab bir oy davom etadi.
3.5. Obuna olgan mijozga voucher taqdim etiladi. Voucherda mijozga ajratilgan umumiy studiya soatlari ko‘rsatiladi.
3.6. Foydalanilmagan soatlar keyingi oyga o‘tkazilmaydi va pul ko‘rinishida qaytarilmaydi.
4. Band qilish va to‘lov
4.1. Studiyani eng kamida 1 soatga, eng ko‘pi bilan Telegram botda ko‘rsatilgan mavjud vaqt chegarasigacha band qilish mumkin (Juma vaqtida studio yopiq bo‘ladi).
4.2. Oddiy band qilish tartibi:
- 4.2.1. Mijoz Telegram bot orqali sana, vaqt va xizmat turini tanlaydi.
- 4.2.2. Belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.
- 4.2.3. To‘lov cheki yoki skrinshotini bot orqali yuboradi.
- 4.2.4. Ma’muriyat to‘lovni tekshirib, buyurtmani tasdiqlaydi.
4.3. Faqat ma’muriyat tasdiqlaganidan keyin tanlangan sana va vaqt mijoz uchun band qilingan hisoblanadi.
Voucher orqali band qilish
4.4. Bir oylik obuna olgan mijoz studiyani bot orqali band qilganda, to‘lov cheki o‘rniga o‘ziga taqdim etilgan voucher rasmini yuboradi.
4.5. Ma’muriyat bandlovni tasdiqlaganidan keyin band qilingan soatlar mijozning voucherdagi umumiy 15 soatlik hisobidan kamaytirib boriladi.
4.6. Mijoz o‘zida qolgan soatlar haqidagi ma’lumotni ma’muriyat orqali aniqlashtirishi mumkin.
5. Buyurtmani bekor qilish va vaqtni ko‘chirish
Oddiy to‘lov asosidagi bandlovlar
5.1. Mijoz tasvirga olishni bekor qilgan taqdirda:
- 5.1.1. tasvirga olish boshlanishidan 48 soat yoki undan oldin xabar berilsa, to‘lovning 100 foizi qaytariladi;
- 5.1.2. tasvirga olish boshlanishiga eng kami 24 soat vaqt qolganida xabar berilsa, to‘lovning 50 foizi qaytariladi;
- 5.1.3. tasvirga olish boshlanishiga 24 soatdan kam vaqt qolganida xabar berilsa, to‘lov qaytarilmaydi.
5.2. Tasvirga olish boshlanishiga 24 soatdan kam vaqt qolganida mijozga bandlovni ma’muriyat bilan kelishilgan holda bir marta boshqa bo‘sh vaqtga ko‘chirish imkoniyati beriladi.
5.3. Ko‘chirilgan bandlov ikkinchi marta bekor qilinsa, boshqa vaqtga ko‘chirilmaydi va to‘lov qaytarilmaydi.
Voucher asosidagi bandlovlar
5.4. Voucher orqali amalga oshirilgan har bir tasdiqlangan bandlovni mijoz bir marta bekor qilishi yoki boshqa bo‘sh vaqtga ko‘chirishi mumkin. Bunda band qilingan soatlar mijozning oylik hisobidan kamaytirilmaydi.
5.5. Bir marta ko‘chirilgan yoki bekor qilingan bandlov ikkinchi marta bekor qilinsa yoxud yana boshqa vaqtga ko‘chirilsa, band qilingan soatlar voucherdagi umumiy soatlar hisobidan kamaytiriladi.
5.6. Mijoz belgilangan vaqtda kelmasa va bu haqda oldindan xabar bermasa, band qilingan soatlar oylik hisobdan kamaytiriladi.
5.7. Vaqtni ko‘chirish studiyaning mavjud bo‘sh vaqtlaridan kelib chiqib, ma’muriyat bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
6. Band qilingan vaqtdan foydalanish
6.1. Mijoz studiyaga band qilingan vaqtdan 15 daqiqa oldin kelishi mumkin.
6.2. Ushbu 15 daqiqa IRFON STUDIO tomonidan mijozga taqdim etiladigan bonus vaqt hisoblanadi va to‘lov qilingan tasvirga olish vaqtiga qo‘shilmaydi.
6.3. Bonus vaqt quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
- 6.3.1. studiyaga joylashish;
- 6.3.2. kiyim va tashqi ko‘rinishni tayyorlash;
- 6.3.3. operator bilan qisqa texnik kelishuv;
- 6.3.4. matn, ssenariy yoki telesuflyorni tekshirish;
- 6.3.5. ishtirokchilarni tasvirga olishga tayyorlash.
6.4. Tasvirga olish jarayoni mijoz band qilgan vaqtdan boshlanadi. Bonus 15 daqiqa tasvirga olish vaqtini oldinroq boshlash yoki bandlov tugash vaqtini uzaytirish huquqini bermaydi.
6.5. Mijozning kechikishi tasvirga olish vaqtini uzaytirmaydi. Kiyim almashtirish, dekoratsiya joylashtirish, tasvirga olish jarayoni va shaxsiy buyumlarni yig‘ishtirish band qilingan vaqt ichida yakunlanishi kerak.
6.6. Tasvirga olish vaqtini uzaytirish faqat studiyaning keyingi jadvaliga xalaqit bermagan taqdirda va qo‘shimcha to‘lov asosida amalga oshiriladi.
7. Studiyadagi tartib
7.1. Mijoz va uning jamoasi:
- 7.1.1. studiya jihozlari va mulkiga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishi;
- 7.1.2. tozalik va umumiy tartibni saqlashi;
- 7.1.3. studiya xodimlarining texnika va xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalariga amal qilishi;
- 7.1.4. o‘zi taqdim etayotgan kontent mazmuni va undagi ma’lumotlar uchun javobgar bo‘lishi lozim.
7.2. Mijoz yoki uning jamoasi tomonidan studiya mulki va jihozlariga yetkazilgan zarar mijoz tomonidan qoplanadi.
7.3. IRFON STUDIO ixtiyoridagi mijozga tegishli videomateriallar tasvirga olish yakunlangan kundan boshlab 3 kalendar kun saqlanadi. Mijoz shu muddat ichida materiallarni olib qo‘yishi lozim; muddat tugagach, ular o‘chirib tashlanishi mumkin.
8. Studiyaga bog‘liq bekor qilish holatlari
8.1. Texnik nosozlik, elektr ta’minotidagi uzilish yoki studiyaga bog‘liq boshqa sabab tufayli xizmat ko‘rsatish imkoni bo‘lmasa, mijozga:
- 8.1.1. boshqa bo‘sh vaqt taklif qilinadi; yoki
- 8.1.2. amalga oshirilgan to‘lov to‘liq qaytariladi.
8.2. Voucher asosidagi bandlovda esa band qilingan soatlar mijozning umumiy hisobiga qayta tiklanadi yoki boshqa vaqtga ko‘chiriladi.
9. Yakuniy qoidalar
9.1. Ushbu oferta Telegram botda joylashtirilgan paytdan boshlab amal qiladi.
9.2. IRFON STUDIO xizmatlar narxi va oferta shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. O‘zgartirishlar e’lon qilinganidan keyin berilgan yangi buyurtmalarga nisbatan amal qiladi. Avval tasdiqlangan buyurtmalar buyurtma berilgan vaqtdagi shartlar asosida bajariladi.
9.3. Tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan masalalar, avvalo, o‘zaro muzokara orqali hal qilinadi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, masala O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
9.4. Ommaviy ofertani uchinchi shaxslarga tarqatish mumkin emas.
9.5. «Oferta shartlarini qabul qilaman» tugmasini bosish orqali mijoz ushbu shartlarni o‘qib chiqqanini, tushunganini va ularga roziligini tasdiqlaydi.
10. Xizmat ko‘rsatuvchi rekvizitlari
| Tashkilot | MChJ «IRFON MEDIA STUDIO» |
|---|---|
| Manzil | O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Termiz ko‘chasi, 67/1 |
| Hisob raqami | 20208000905358978001 |
| Bank | Toshkent shahri, «DAVR-BANK» XAT bankining Bosh ofisi |
| MFO | 00981 |
| STIR | 308278834 |
| OKED | 59110 |
| Rahbar | Raxmanberganov Umar Murat o‘g‘li |
| Telefon | +998-100-88-55, +998-400-88-55 |
| Elektron pochta | irfonmedia2021@gmail.com |